1

​Amerikalik ayol rekord uchun sonining yo`g`onligini 2,5 metrga etkazishga qaror qildi

Dunyo 06.07.2017, 14:58
Teglar: Ayol
​Amerikalik ayol rekord uchun sonining yo`g`onligini 2,5 metrga etkazishga qaror qildi

Amerikalik ayol dunyo rekordini o`rnatish uchun sonini 2,5 metrgacha semirtirishga qaror qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi 43 yoshli Bobbi Jo Uestlining vazni 250 kilogramm bo`lib, sonining yo`g`onligi 241 santimetrni tashkil etadi. Ayol ozishni emas, balki yana ham semirishni maqsad qilib, sonining yo`g`onligini 251 santimetrga etkazishga qaror qildi. Shifokorlarning bunday vazn sog`likka ta`sir ko`rsatishi haqidagi gaplariga e`tibor bermagan ayol kerakli hajmga ega bo`lish uchun kuchli ovqatlarni tanovvul qilishdan to`xtamayapti.

“Sonlarimning yo`g`onligi meni o`ziga xos, takrorlanmas insonga aylantiradi. Shu holatimda ham erkaklarga yoqishimni bilib, hayratga tushdim. Aksariyat oshiqlarim menga turmushga chiqish taklifini berdi”, dedi Uestli. Ayol ilgarilari ham boshqalardan yirikligi bilan farq qilgan bo`lsa-da, oxirgi paytlarda haddan ortiq semirgan.

Bobbi Jo Uestli vebkam-model sifatida faoliyat yuritib, soatiga 2000 dollar pul topadi. Hozircha sonining yo`g`onligi 251 santimetrni tashkil etuvchi Mikel Ruffinelli dunyo rekordchisi hisoblanadi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1