1

ShIFOKORLAR VA TURMUSh O`RTOG`INING TALABIGA KO`NMAY, NOGIRON BOLANI VOYaGA ETKAZGAN AYoL (FOTO)

Dunyo 07.07.2017, 11:59
Teglar: Ona va bola
ShIFOKORLAR VA TURMUSh O`RTOG`INING TALABIGA KO`NMAY, NOGIRON BOLANI VOYaGA ETKAZGAN AYoL (FOTO)

1988 yilda xitoylik Szou Xongyan (Zou Hongyan) o`g`ir farzand ko`rgan edi, deb yozdi Pozitivno.me nashri .

Ammo tug`ruq asoratsiz o`tmadi. Ayolning o`g`lida serebral falajlik aniqlanib, u bir umr nogironlikka mahkum bo`ldi. Shifokorlar Szoudan bolasidan voz kechishni, u jismoniy muammolar tufayli to`laqonli hayot kechira olmasligini, onasiga bir umr yuk bo`lishini ta`kidlashdi.

Szouning turmush o`rtog`i ham boladan voz kechishni talab qildi. Biroq Szou shifokorlarning ham, erining ham gapiga quloq solmadi. Turmush o`rtog`i bilan ajrashib, hayotini farzandining tarbiyasiga va uni oyoqqa turg`azishga bag`ishladi.

Szou o`zi va bolasini boqish uchun bir paytning o`zida uchta joyda ishladi. Ishdan qaytgach, kechqurunlari o`g`li bilan ongni va his-tuyg`ularni rivojlantiruvchi o`yinlar o`ynadi. U hatto o`g`liga bambuk tayoqchalaridan foydalanishni ham o`rgatdi. O`sha paytlarni Szou shunday xotirlaydi: “O`g`limning jismoniy kamchiliklaridan uyalishini istamadim. Shuning uchun qattiqqo`llik bilan o`z muammolari ustida ishlashni talab qildim”.


Oradan 29 yil etib, mazkur Din Din ismli bola Pekin universitetining atrof-muhit va texnika yo`nalishi bo`yicha bakalavr bosqichini tugatib, Garvard universitetining huquqshunoslik fakultetiga o`qishga kirdi. Ayol o`zining shunday mehnatsevar va tirishqoq o`g`li borligidan faxrlanadi. O`z navbatida yigit ham onasidan juda minnatdor! Ona muhabbati buyuk mo``jizalarni yaratishga qodir!

Sharhlar

​Amerikalik ayol semizligi uchun o`g`lini yoqib yuborishga harakat qildi

06.07.2017, 16:42

Amerikalik polisiyachilar qabristonda ro`y bergan voqeani o`rganmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. 48 yoshli Sherri Rixter o`g`lining haddan ortiq semizligi tufayli undan qutulmoqchi bo`ldi. Ayol...
​Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi

04.07.2017, 11:06

Xonanda Lola Instagram`dagi sahifasi orqali yosh bolalarga ota-onalar tomonidan tez-tez aytilishi kerak bo`lgan iboralarni yozib qoldirdi. “Farzandingiz og`ir-bosiq, baxtli, o`ziga ishonchi yuqori bo`lib ulg`ayishini, eng...
​Tayvanda qarimaydigan ayollar oilasi yashashi aniqlandi (Foto)

29.06.2017, 16:48

Tayvanda yillar o`tgan sari qarimaydigan ayollar oilasi yashashi aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Mazkur oilada nafaqat uch opa-singil, balki ularning onasi ham juda yosh ko`rinadi....
​Zarina o`zini “o`stirgan” “Saodat”, shaxsiy hayoti va o`g`lining otasi bilan munosabatlari haqida

27.06.2017, 15:40

Bu aktrisaning ijodi davlat buyurtmasiga ko`ra suratga olingan “Yo`l bo`lsin” filmidan boshlangan. Zebo Navro`zova rejissyorligidagi “Romeo va Juletta” kartinasi esa unga mashhurlik olib keldi. Keyinchalik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1