1

TOShKENTDA GENTRA IShTIROKIDA MUDHISh YTH YuZ BERDI. QURBONLAR BOR

Jamiyat 26.07.2017, 10:25
Teglar: Avto, YTH
TOShKENTDA GENTRA IShTIROKIDA MUDHISh YTH YuZ BERDI. QURBONLAR BOR

25 iyul kuni soat taxminan 16:30 larda Toshkentning Yashnobod tumani Qo`yliq-3 dahasida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Bu haqda Facebook`ning "Voditeli Tashkenta" guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, Gentra avtomobili haydovchisi yuqori tezlik tufayli boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi yo`ldan chetga chiqib ketgan.

Gentra taxminan 120 km/soat tezlikda kelib, yo`ldagi chuqurga tushib ketgan va daraxtga urilgan.

Suratda mashinaning old va tepa qismlari butunlay tiklab bo`lmaydigan holatda ekanligini ko`rish mumkin. YTH oqibatida avtomobil haydovchisi Rinat ismli yosh yigit va uning yo`lovchisi bo`lgan yana bir yigit halok bo`lgan. Guvohlarning yozishicha, tez yordam tezda etib kelgan. Biroq, ular kelganida Gentra haydovchisi jonsiz bo`lgan, uning yo`lovchisi esa shifoxonada vafot etgan.

Sharhlar

Toshkent viloyatida to`rtta avtomobil ishtirokida daxshatli avtohalokat sodir bo`ldi(video)

24.05.2024, 15:20

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatida to`rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo`lgani aks etgan video tarqalgandi. Viloyat IIBB YHXB hodisa haqida xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 24 may kuni soat...
Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1