AsosiyMadaniyat

Saida Rametova ikki yaqini koronavirusdan vafot etgani hamda o`zi va turmush o`rtog`ining ham og`ir kasal bo`lgani haqida gapirdi

'Saida Rametova ikki yaqini koronavirusdan vafot etgani hamda o`zi va turmush o`rtog`ining ham og`ir kasal bo`lgani haqida gapirdi'ning rasmi

Aktrisa Saida Rametova ko`krak saratoniga chalingani haqida o`g`li eshitib shokka tushib qolgani, opasi va qayinsinglisi koronavirusdan vafot etgani haqida gapirib berdi. Bu haqdagi suhbat "Daryo" nashrida berildi.

Bolamga kasal bo`lganimni aytganimdan so`ng, bolam shoshib-pishib, shokka tushib qoldi. Nimagadir aytgim keldi. Xuddi ularni boshqa ko`ra olmaydigan, hattoki operasiyaga ham eta olmaydigan, hech kimga hech qanday gapimni ayta olmaydigandek tuyuldi.

Opam rahmatli bir hafta ichida hech kimga hech narsa ayta olmasdan koronavirusdan vafot etdi. Keyin qayinsinglim ham shu kasaldan vafot etdi. Jumadulla ham juda og`ir kasal bo`ldilar. Hammasini ichimga oldim, yig`ladim-yig`ladim, qo`limdan hech nima kelmadi, kuyundim. Turkiyadagi shifokorlar depressiyaga tushib qolganimni, ko`p siqilganimni aytishdi. O`sha uchun barcha gaplarimni bolamga, yaqinlarimga aytib qolay deb, kasal bo`lganimni ularga aytgandim, -

deydi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova

 

    Boshqa yangiliklar