1

Olimlar Rossiya va Xitoy vaksinalarining kamchiliklarini aytishdi

Dunyo 01.09.2020, 15:46
Olimlar Rossiya va Xitoy vaksinalarining kamchiliklarini aytishdi

Ba`zi ekspertlarning aytishicha, Rossiya va Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinalarning bir xil nuqsoni bor. Bu kamchilik ularning ko`pchilik odamlar chalinadigan, odatiy shamollashni keltirib chiqaradigan virusga asoslanib yaratilgandir. Bu esa vaksinalarning samaradorligini chegaralashi mumkin. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Xitoyning CanSino Biologics kompaniyasining 6185 nomli vaksinasi adenovirusning 5 turi bo`lgan Ad5 ning o`zgartirilgan shaklidir. Wall street Journal ining o`tgan haftada bergan ma`lumotlariga ko`ra, CanSino Biologics katta miqyosli tekshiruvlarni tugatmasdan avval bir qancha mamlakatlar bilan vaksina etkazib berish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda.

Moskvadagi Gameliya instituti tomonidan yaratilgan vaksina ham Ad5 ga asoslangan bo`lib, u katta sondagi odamlarda sinovdan o`tmasdan turib avgust oyining boshida ma`qullangandi.

“Ad5 meni havotirga solmoqda. Chunki, ko`plab odamlarda unga qarshi immunitet mavjud. Men Xitoy va Rossiya olimlarining usullari qanday ekanini bilmayman. Balki, ularning samaradorligi 70 foiz emas, 40 foiz bo`lar. Lekin, boshqa vaksina yatatilmaguncha shu vaksinalarga ega bo`lganimiz kasallikka qarshi hech narsasiz qolganimizdan yaxshiroq” deydi Jon Hopkins universitetining vaksina bo`yicha tadqiqotchisi Anna Durbin.

Hozirgacha dunyo bo`ylab 845 ming kishini hayotdan olib ketgan koronavirusni to`xtatishda vaksinalar muhim deb hisoblanmoqda. Xitoy va Rossiyaning bu ikki kompaniyalari Ad5 ga asoslangan Ebolaga qarshi vaksinani yaratish bo`yicha uzoq yillik tajribaga egalar.

Olimlar ko`p yillardan buyon Ad5 ga asoslangan vaksinalarni bir necha turdagi infeksiyalarga qarshi sinab ko`rishgan. Lekin, hozirda ularning hech qaysi biri keng miqyosda ishlatilmaydi. Tadqiqotchilar yo`q qilinishi kerak bo`lgan virusning genlarini inson hujayrasiga kiritish uchun zararsiz bo`lgan boshqa viruslardan foydalanishadi. Bu esa inson organizmida o`sha zararli virusga qarshi immunitet hosil bo`lishiga turtki beradi. Koronavirusga qarshi Ad5 ga asoslangan vaksinalar ham organizmga shunday yo`l bilan kiritiladi.

Lekin, ko`plab odamlarda Ad5 ga qarshi immunitet allaqachon shakllanib ulgurgan. Bu holatda insondagi immun tizimi koronavirusga emas, balki vaksina tarkibidagi virusga qarshi kurash olib boradi. Bu esa Ad5 asoslangan vaksinalarning samadorligini kamaytiradi.

Bir qancha olimlar zararli virus genlarini organizmga kiritish uchun adenovirusning muqobil variantini yoki boshqa usullarni tanlashgan. Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyalari o`zlarining COVID-19 ga qarshi vaksinalarini inson tanasiga kiritish uchun Ad5 dan voz kechib, shimpanze adenovirusidan foydalanishadi. Jonson&Jonsonning vaksinasi esa juda kamyob tur bo`lgan Ad26 ni ishlatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1