1

Buxoroda ota 6 yashar qizining davolanishi uchun ajratilgan pullari sarflab yubordi

Jinoyat 29.04.2024, 20:40
Buxoroda ota 6 yashar qizining davolanishi uchun ajratilgan pullari sarflab yubordi

Buxoroda ota 6 yashar xasta qizining davolanishi uchun ajratilgan pullarni o`zlashtirdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, ombudsman kotibiyatiga Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi Sh.M. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushgan. 

Murojaatda ayol 2018 yilda tug`ilgan qizi M.M. Respublika bolalar onkologiya va gematologiyasi markazida davolanayotganligini va unga "o`tkir leykoz" tashxisi qo`yilganligini, bolaning otasi T.J. qizni davolatishdan bosh tortib, moddiy ta`minot bermaganligini, aksincha ota bolaning davolanishi uchun "Saxovat va ko`mak" jamg`armasidan ajratilgan pulni o`zlashtirganligini bildirgan.

Bundan tashqari, Sh.M. ota farzandi va unga ruhiy tazyiq o`tkazayotganligi, bu esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta`sir qilganligini bildirib, uni va farzandini otasining tazyiqlaridan himoya qilishda yordam so`ragan.

"Bolalar ombudsmanining Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligiga kiritgan so`roviga asosan mazkur holat G`ijduvon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB tomonidan o`rganildi. O`rganish natijasida fuqaro Sh.M. va voyaga etmagan M.M.ga 1 oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirilib, otaning ruhiy zo`ravonlik harakatlariga chek qo`yildi", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1