1 sentyabr kuni taxminan soat 19.00 da 2-batalon YPX inspektori katta serjant Salim Umarov Mirobod tumani Shahrisabz ko`chasida xizmat vaqtida YTHga uchradi. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar berdi.
U “Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida tekshiruv maqsadida 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvidagi “Captiva” (davlat raqami 01 Q 772 VV) rusumli avtomobilni to`xtatgan va haydovchidan hujjat so`ragan.
Katta serjant tekshiruvdan so`ng hujjatlarni haydovchiga qaytarib, transport vositasini aylanib o`tib, yo`l cheti tomon yurgan vaqtda “Lacetti” (davlat raqami 01 T 789 NV) rusumli avtomobilini ishonchnoma asosida boshqarib borayotgan 19 yoshli Temurbek M. Mirobod ko`chasidan chiqib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetida to`xtab turgan “Captiva” avtomobiliga to`qnashgach, inersiya tufayli harakatni davom ettirib, YPX xodimini urib yuborgan.
YTH natijasida 30 yoshli YPX inspektori katta serjant Salim Umarov badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildi. Hozirgi vaqtda xodim jonlantirish bo`limida davolanmoqda.
Bo`lib o`tgan YTH yuzasidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda. To`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rilishi uchun prokuraturaga yo`naltirildi.






