Urganch shahrida xalqaro “Binary” (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tekgishli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo`lgan boshqa sohalari bo`yicha malakali oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Filial nodavlat oliy ta`lim tashkiloti bo`lib, o`qish ingliz, rus va o`zbek tillarida to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta`lim shakllari hamda magistratura bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam bo`lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o`zlashtirish ko`rsatkichlari yuqori bo`lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abiturientlarni bepul (Filial granti asosida) o`qishga qabul qilish uchun ajratiladi.
Shuningdek, Filialda professor-o`qituvchilar tarkibining 40 foizidan kam bo`lmagan qismi malakali xorijiy professor-o`qituvchilar bilan to`ldiriladi.
Filial bitiruvchilariga O`zbekiston va Malayziyada oliy ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.