AsosiyDunyo

Moskvada sutka davomida 4 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

'Moskvada sutka davomida 4 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi'ning rasmi

Moskvada sutka davomida 4082 kishi COVID-19’ga chalingani aniqlandi, deb xabar bermoqda «RBK», Koronavirusga qarshi tezkor shtabning 6 oktyabrdagi ma`lumotlariga tayanib.

Xabarda aytilishicha, kunlik kasallanish soni 4 ming kishidan ortiq bo`lgan holat shaharda oxirgi marta 15 may kuni qayd etilgan. O`sha kuni 4748 kishida koronavirus aniqlangan.

Poytaxtda kasallanishlar sonining ortishi sentyabr oyi oxirlaridan buyon kuzatilmoqda: 24 sentyabrda 1 mingdan ortiq kasallanganlar qayd etilgan, 23 sentyabrda esa ular soni 1,5 ming nafarni tashkil etgan.

Parallel ravishda sog`ayganlar soni ham ortib bormoqda. Ijtimoiy rivojlanish bo`yicha mer o`rinbosari Anastasiya Rakovaning aytishicha, o`tgan sutka davomida 1156 nafar bemor sog`aygan. Shuningdek, 31 kishi vafot etgan.

Koronavirus bilan kasallanish holati ortganligi fonida Moskva hukumati keksalarni uyda qolishga, ish beruvchilarni esa xodimlarini masofadan ishlashga o`tkazishga chaqirdi. Moskva tibbiyot universiteti talabalari va bitiruvchilariga poytaxt kasalxonalarida ishlash taklif qilindi. Maktab o`quvchilari 5 oktyabrdan 18 oktyabrgacha ikki haftalik ta`tilga chiqdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar