AsosiySport

Saudiya Arabistoni klubi Xuan Mataga yiliga 15 mln evro maosh taklif qilmoqda

'Saudiya Arabistoni klubi Xuan Mataga yiliga 15 mln evro maosh taklif qilmoqda'ning rasmi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata jamoasini tark etishi mumkin.

 

 

Ispaniyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubidan yiliga 15 million evro maoshga ega taklif olgan, deya xabar qilmoqda insayder Ien Makgerri.

Futbolchi hozircha bir qarorga kelgani yo`q. Transfer amalga oshishi uchun Mata «Manchester Yunayted» bilan 2021 yilning yoziga qadar mo`ljallangan shartnomasini bekor qilishi lozim bo`ladi.

Mata 2014 yildan buyon mankunianlar safida harakat qiladi. U 2020 yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogining ikkita o`yinida ikkita gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

 

Boshqa yangiliklar