AsosiySPORT

"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot berilmagan.

'"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi'ning rasmi

“Manchester United” “Barcelona” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Alejandro Baldega qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi futbolchining agenti Jorge Mendesh bilan yaqin soatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

22 yoshli Balde “Manchester United”ning chap qanot himoyasi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Angliya klubi futbolchini doimiy transfer asosida emas, balki ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Bodle yangi mavsumning birinchi o‘yinida “Elche”ga qarshi bahsda (5:0) maydonga tushmadi. “Barcelona” bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik uni uchrashuv qaydnomasiga ham kiritmadi.

Ayni paytda Baldening kelajagi borasida turli xabarlar tarqalmoqda. “Manchester United” futbolchini chap qanotdagi himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Baldening "Barcelona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 22 yoshli futbolchining bozor qiymatini 50 million evro atrofida baholamoqda.

Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar