AsosiySPORT

Doston Satpayevning "Chelsi"dagi maoshi ma'lum bo'ldi.

Ushbu mablag‘ Satpayev 22 yoshga to‘lguniga qadar uning ixtiyorida bo‘lmaydi.

'Doston Satpayevning "Chelsi"dagi maoshi ma'lum bo'ldi.'ning rasmi

Qozog‘istonlik 18 yoshli futbolchi Doston Satpaevning Londonning "Chelsi" klubi bilan shartnomasida oylik maoshi taxminan 14 ming funt sterling etib belgilangan. Bu haqda "Capology" portali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Satpaev oyiga to‘lanadigan mablag‘ning barchasini mustaqil ravishda tasarruf eta olmaydi. Shartnomaga ko‘ra, 14 ming funtning taxminan 12 ming funti futbolchining ota-onasi nomidagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Ushbu mablag‘ Satpaev 22 yoshga to‘lguniga qadar uning ixtiyorida bo‘lmaydi. Shu tariqa, futbolchining har oy erkin tasarruf qilishi mumkin bo‘lgan mablag‘i taxminan 2 ming funtni tashkil etadi.

Bunday amaliyot Angliya klublarida yosh futbolchilarning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va ularning daromadlarini oqilona boshqarish maqsadida qo‘llanishi aytilmoqda.

Satpaevning "Chelsi" bilan shartnomasiga ko‘ra, uning oylik maoshi taxminan 14 ming funtni tashkil etadi. Biroq futbolchining "Byornli" klubidagi ijara davrida mazkur maoshni qaysi klub to‘lashi hozircha ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Doston Satpaev 18 yoshida "Chelsi" safiga qo‘shilgan Qozog‘iston futbolining eng istiqbolli yosh vakillaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar