AsosiySPORT

Abdulqodir Husanov Premyer-ligada yana o‘zini ko‘rsatdi

Husanov bahs davomida ishonchli harakat qilib, 90 ta uzatmaning 87 tasini aniq amalga oshirdi.

'Abdulqodir Husanov Premyer-ligada yana o‘zini ko‘rsatdi'ning rasmi

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. U “Manchester Siti”ning “Bornmut”ga qarshi bahsida markaziy himoyachi sifatida maydonga tushib, uchrashuvni to'liq o'tkazdi. 

“Etihad” stadionida kechgan bahsda “Manchester Siti” 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mehmonlar 26-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, manchesterliklar uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ikkita gol urib, kambek qayd etdi. 

Husanov bahs davomida ishonchli harakat qilib, 90 ta uzatmaning 87 tasini aniq amalga oshirdi. Uning aniq paslar bo'yicha ko'rsatkichi 97 foizni tashkil etdi. Shuningdek, o'zbekistonlik futbolchi uchrashuv davomida 97 marta to'pga tegdi.

“Flashscore” Husanovning o'yinini 8,2 ballga baholadi. Bu “Manchester Siti” tarkibidagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri bo'ldi. 

Uchrashuvda “Siti” safida Mark Gehi 8,5 ball bilan eng yuqori bahoni olgan. Jamoa yangi bosh murabbiy Enzo Mareska qo'l ostida Premer-ligadagi mavsumni g'alaba bilan boshladi. 

    Boshqa yangiliklar