Joriy yilning 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida Ishtixon tumani “Azamat” mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan H. Samarqand tumani O`zbek kenti mahallasida yashovchi S. ismli fuqaroning jiyanini Avtomobil yo`llari kollejiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, undan 400 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan. Pora sifatida berilgan pul ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. |
09.11.2020 09:24