AsosiyJAMIYAT

Chilonzorda “LACETTI” haydovchisining boshqaruvni yo`qotishi YTHga olib keldi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent sha...

'Chilonzorda “LACETTI” haydovchisining boshqaruvni yo`qotishi YTHga olib keldi'ning rasmi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasidagi avtomobil ko`prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan L.A. “LACETTI” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va qarama-qarshi bo`lakka o`tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi “IVECO” rusumli maxsus evakuator bilan to`qnashgan.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada “LACETTI” rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli L.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me`yoriga, yo`l belgilari va chiziqlari talablariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.

 

Boshqa yangiliklar