1

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti rafiqasi bilan molxonaga aylantirilgan masjidga oyoqyalang kirib, uning devorlarini o`pdi

Dunyo 24.11.2020, 21:59
Teglar: Ozarbayjon
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti rafiqasi bilan molxonaga aylantirilgan masjidga oyoqyalang kirib, uning devorlarini o`pdi

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev va vise-prezident – mamlakat birinchi xonimi Mehribon Alieva Armaniston tomonidan bosib olingan va 9 noyabrda uch taraflama sulh (Rossiya – Vladimir Putin, Ozarbayjon – Ilhom Aliev, Armaniston – Nikol Pashinyan – tahr.) sabab Ozarbayjonga qaytarilgan Ag`dam shahrida bo`lib, XIX asrga oid tarixiy masjidda bo`ldilar, deya xabar bermoqda Qalampir.uz.

Xabarda ma`lum qilinishicha, eng avvalo, Prezident Ilhom Aliev shahrining masjidga yaqin hududiga o`rnatilgan Ozarbayjon bayrog`i qarshisida tiz cho`kib, uni o`pib, yuz ko`ziga surtgan. So`ng vise-prezident Mehribon Alieva bilan tarixiy masjidga yo`l olgan. 

Xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan Armaniston hukmronligi davrida molxonaga aylantirilgani yozilgan va bugun vayronaga aylangan masjidga Prezident Ilhom Aliev va Mehribon Alieva poyabzallarini echib, oyoqyalang kirdilar. Ushbu holat aks etgan suratlar Prezident Matbuot xizmatining internet sahifasiga joylashtirildi. Davlat rahbari va uning rafiqasi masjidga kirish oldidan uning devorlarini o`pishgan. 

Dunyo hamjiyati, ayniqsa, musulmon davlatlar xalqlarining diqqatini tortgan ushbu surat ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar kun tartibiga chiqdi. 

Prezident Matbuot xizmatiga ko`ra, Mehribon Alieva masjidga qo`lida Makkadan olib kelingan Qur`oni Karim bilan kirib, uni o`pgan va masjid mehrobiga yaqin peshtaxtada qoldirgan.

Ular masjidda Qur`on tilivot qilishgan. So`ng davlat rahbari ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi. 

“Bugun Ag`dam shahrini vayronada ko`rish juda achinarli. Biroq, bir necha yil oldin ushbu mintaqada, bizning xandaqlarimizda bo`lganimda, masjidni durbin orqali ko`rganman. Ushbu his-tuyg`ularni so`z bilan ifodalash qiyin, imkonsiz. O`z erlaringizdagi shaharni, masjidni uzoqdan durbin bilan ko`rib, bu erga kela olmaslik qanchalik og`riqli ekanini bilsangiz edi. Aloqa chizig`ida, xandaqda bo`lganimda, qaytib keladigan va o`z hududiy yaxlitligimizni tiklaydigan kun keladi, deb o`ylagan edim. 

Bugun men Ag`dam masjidiga Makkadan olib kelingan Qur`onni sovg`a qildim. Men baxtli odamman, chunki to`rt marta Makkaga tashrif buyurganman. Bir marta marhum otam bilan birga va uch marta Prezident sifatida. Muqaddas Ka`bada oila a`zolarim bilan namoz o`qiganimdan baxtiyorman. Mening ham qalbimda har qanday odamning yuragidagi kabi tuyg`ular bor. Men duolarida birinchi bo`lib erlarimizni ishg`oldan ozod qilish haqida so`rardim. Allohdan menga kuch berishini, bu erlarni ishg`oldan ozod qilishimizni, bu baxtni bizga nasib etishini va yana ota-bobolarimiz yurtiga qaytishimizni so`rardim. 

Bugun bu erda, buzg`unchilar tomonidan vayron qilingan masjid oldida men o`zimni baxtli odamman deb aytaman. Duolarimni eshitgani va menga shu kuchni bergani uchun yana bir bor Allohga shukur aytaman. Kuchlarimizni safarbar etib, biz ushbu tarixiy kunlarni boshdan kechirmoqdamiz. Bu haqiqatan ham tarixiy kunlar. Ehtimol, Ozarbayjonning ko`p asrlik tarixida bunday shonli va g`ururli kunlar bo`lmagan. Bunga biz birdamligimiz, kuchimiz evaziga erishdik. Hech kim bizga yordam bermadi. Aksincha, halal berishdi. Sizga bu haqda batafsil aytib beradigan kun keladi”, deydi Ilhom Aliev. 

Ag`dam markazida joylashgan ushbu masjid 1870 yilda qurilgan. 1992 yilda Xo`jali Armaniston tomonidan bosib olingandan keyin Ag`damdagi ushbu tarixiy masjid vayronaga aylangan.

Sharhlar

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya hamkorligi bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi

18.03.2024, 10:30

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi.Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Turkiya va Gruziya tashqi ishlar...
Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi Lochin yo`lida chegara posti tashkil etiladi

16.03.2023, 10:31

5 mart kuni Armaniston tomonidan sodir etilgan provokatsiya Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi Lochin yo‘lining so‘nggi nuqtasida chegara nazorat postini tashkil etish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.Bu haqda...
Ozarbayjonda "Qora yanvar" fojiali voqealar qurbonlari yodga olindi

21.01.2023, 12:48

Ozarbayjonda 1990 yil 20 yanvardagi fojiali voqealar qurbonlarini yodga olindi. Shu kuni butun Ozarbayjonda bir daqiqalik sukut e`lon qilindi. Kemalar, mashinalar va poezdlar motam sadolarini...
Qorabog`da tinchlikparvar kuchlarning harakatsizligi fonida ekologik terror davom etmoqda

17.12.2022, 10:45

Bir necha kundan buyon Xonkendi-Lochin yo`lida Ozarbayjon fuqarolik jamiyati vakillarining “Qorabog`da ekologik terrorga yo`l yo`q” shiori ostida tinch aksiyasi o`tkazilmoqda.Hammasi Qorabog`da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1