1

Kino haftaligi doriasida qisqa metrajli filmlar premera qilindi

Madaniyat 15.01.2021, 16:48
Kino haftaligi doriasida qisqa metrajli filmlar premera qilindi

"O`zbek milliy kino san`ati haftaligi"ning beshinchi kuni “O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishi bo`lib o`tdi.

“Ro`mol”, “Qovun pishganda”, “Tandir”, “Sartarosh”, “Ilinj”, “Mosh”, “Astma”, "Niyat" va boshqa shu kabi turli mavzu hamda janrdagi filmlar haftalik mehmonlariga taqdim etildi.

Mazkur festival agentlikning yosh kinoijodkorlarni qo`llab-quvvatlashdagi muhim tashabbuslaridan biri bo`lib, unda sentyabr oyida o`tkazilgan festivalda g`olib bo`lgan 16 ta ssenariylar uchun grant ajratilgan va filmlar suratga olingan.

Eslatib o`tamiz, mazkur festival bo`yicha taqdirlash marosimi festivalning kechki dasturida bo`lib o`tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1