Respublikamiz hududida ob-havo sharoiti o`zgarib, qor yog`ib, avtomobil yo`llarida muzlamalar va haydovchilar uchun bir qator noqulayliklar yuzaga kelayotganligi kuzatilmoqda.






O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, hududiy YHXB va yo`lga mas`ul xodimlar tomonidan yo`lni qordan tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilib, muzlamalar hosil bo`lishini oldini olish maqsadida yo`lga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.
Barcha haydovchilardan:
- qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlarini;
- gaz va tormoz tepkisini keskin bosmasliklarini;
- piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini, piyodalar esa yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tmasliklarini, ehtiyotkor bo`lishlarini so`rab qolamiz.





