Turkiya madaniyat va turizm agentligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istambul, Antaliya va Kapadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Ayni paytda o`zbekistonlik OAV xodimlari, xususan, "darakchi.uz" jurnalisti ham afsanaviy Istanbul shahrida bo`lib turibdi.
Sayohatimizning ilk kuni, albatta dunyoning eng qaynoq nuqtalaridan hisoblangan Istanbul markaziy ko`chalarida bo`ldi. Asrlar mobaynida Istanbulda bir nechta madaniyat iz qoldirgan. Bugun ularning ta`sirini o`z ko`zingiz bilan ko`rishingiz mumkin, buning uchun shunchaki, shahar ko`chalari bo`ylab yurish kifoya: Sulton Ahmet va XIX asrdagi Evropani eslatuvchi oqlangan Beyogluning muqaddas joylaridan tortib, zamonaviy Nishantashi kvartaligacha, Kadikoydagi klublar va Beshiktoshning futbolni sevadigan ko`chalari... Bu maskanga kelganlarning yagona iqrori: Istanbul - bu shunchaki shahar emas, balki bir nechta shahar, yoki shaharlarning shahari.
Shahar ko`chalari bo`ylab aylanar ekansiz, Siz qiziqarli aksiyalar va yirik chegirmalar asosida buyumlar sotib olish imkoniga ega bo`lasiz. Shuningdek Istanbulda hali ko`rib ulgurmagan tadbirlar ishtirokchisiga aylanasiz. Savdo festivali, tarixiy meros, boy madaniyat, tansiq taomlar, savdo va bitmas tuganmas ko`ngilxushliklarni Istanbul shahri bir-biriga bog`laydi. Yorug` va rang-barang ko`chalar, yirik savdo majmualarida siz o`zingizga yoqqan narxlarda barcha narsalarni topishingiz mumkin, har xil syurprizlar esa sayohatning ajralmas qismi bo`lib qoladi.











Shaharda ozodalik va tartib mujassam. Odamlar bilan gavjum markaziy ko`chalarda mushuk va itlaring uchrashi va ularning insonlardan cho`chimay yurishi oddiy holat ekan. Siz ularga yaqin borishingiz, bemalol ularni erkalatishingiz yoki biror egulik bilan mehmon qilishingiz mumkin.





Istanbul markaziy ko`chalari bir vaqtning o`zida ham tashrif buyuruvchilar va iste`molchilar uchun, ham yengil mashinalar uchun harakat yo`li hisoblanadi. Shuningdek, tramvaylar qatnovi ham yo`lga qo`yilgan. Biroq, hech qachon fuqarolarni chetga chiqishga undaydigan, quloqni qomatga keltiruvchi signallar, yo`ldan o`tib qolishga harakat qilayotgan fuqarolar yoki tramvay yo`lini to`sib qo`ygan biror holatga duch kelmaysiz. Garchi, gavjum ko`cha bo`lsada, hammasi juda chiroyli va tartibli.



Nega nomi Istanbul?
Shahar nomi bilan bog`liq va bir-biriga bog`liq bo`lmagan ko`plab hikoyalar va afsonalar mavjud. Istanbul turli vaqtlarda Vizantiya, Konstantinopol, Konstantine, Asitane (forscha Asitane - poytaxtlarning poytaxti), Do`rilxilafe va Dersaadet (Dersaadet - saodat, baxt eshigi) deb nomlangan.
Shunday ma`lumotlardan biri: yunonistonlik Meliki Timoshning ismi Istanbul bo`lgan. O`g`li hukmronligining to`rt yilida shahar qurilishida ishlagan. Biroq, uning qurilishini Istanbulga kelgan Konstantin tugatadi va shaharni o`z nomi bilan chaqiradi. X asr kitobida shahar Istinbolin deb nomlangan.
Istanbulda qurilgan 7 ta tepalik tufayli uni muhtasham Bosfor orqali Osiyo va Ytvropa qismlariga ajratgan va Oltin Horn ko`rfazi tufayli shahar noyob bo`lib kelgan va noyob bo`lib qolaveradi.


Biz esa Istanbuldagi eng diqqatga sazovor maskanlar va qadimiy obidalar bo`ylab sayohatimizni davom ettiramiz.
Farida Egamberdiyeva, Turkiya-Istambul






