1

Uchko`prikda aldov yo`li bilan 300 AQSh dollarini qo`lga kiritgan ayol javobgarlikka tortildi

Jamiyat 27.01.2021, 14:03
Teglar: IIB
Uchko`prikda aldov yo`li bilan 300 AQSh dollarini qo`lga kiritgan ayol javobgarlikka tortildi

2021 yilning yanvar oyi boshlarida Uchko`prik tumani yashovchiU.M. ismli ayol Q.D. ismli ayolning ishonchiga kirib, tanishlari orqali bankdan 150.000.000 so`m kredit olib berishini aytib, oldindan 300 AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  

Sharhlar

"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Toshkentda IIB xodimining o`ldirilishi ayol kishi bilan bog`liqmidi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

03.12.2022, 11:21

Sal avval Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirilgani xabar qilingan edi. Ayrim OAVlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida vafot etgan profilaktika inspektori...
Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)

12.10.2022, 12:03

Jizzaxda nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan IIB xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Uchtepa"...
Andijonda zo`ravonlar yigitni echintirib videoga olishdi

31.08.2022, 18:40

Joriy yilning 17 avgust kuni «Telegramm» ijtimoiy tarmog`i orqali fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo`li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirib, ushbu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1