AsosiyJamiyat
2070

Namanganda harakatlanib ketayotgan "Nexia" yonib ketdi (video)

'Namanganda harakatlanib ketayotgan "Nexia" yonib ketdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 13 mart kuni soat 18:30larda, Namangan shahar, Davlatobod tumani, I.Karimov ko`chasida, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan F.I. boshqaruvidagi "Neksiya-2" rusumli avtomobilda qisqa tutashuv yuzaga kelib yong`inga aylangan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni yo`l chetiga to`xtatgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtomobilning salon qismi yong`indan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Namangan shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlarini so`rab qolamiz",–deyiladi YHXBB xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar