1

"Muqimiy" filmining katta premerasi o`tkazildi

Madaniyat 27.03.2021, 08:35
"Muqimiy" filmining katta premerasi o`tkazildi

"Assalom, Navro`z" kino-oyligi doirasida "O`zbekkino" MA buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm”  DUK tomonidan suratga olingan rejissyor Fotih Jalolovning "Muqimiy" tarixiy-badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lumot uchun, "Assalom Navro`z" kino-oyligi doirasida, viloyatlarda Ergash Mo`minovning “Orzular qanotida”, Hilol Nasimovning “Meros” hamda Zulfiqor Musoqovning “Hayrat” badiiy filmlari namoyishlari bo`lib o`tmoqda. Shu bilan birga, "Muqimiy" filmi ijodkorlari ham 27 mart kuni hududlardagi "Kinokarvon" guruhiga qo`shilishib, mazkur filmni namoyishlarida qatnashishadi.  

“O`zbekfilm” kinostudiyasida bo`lib o`tgan premerada kinokartina ijodkorlari ham ishtirok etishdi.

“Muqimiy” filmi shoir va etuk ijodkor Muhammad Aminxo`ja Muqimiyning hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, unda ijodkorning hayotiy sinovlardagi kechmishlari, muhabbati va umri davomida ko`rgan qiyinchiliklari tasvirlangan.

Film postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, ssenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov.

Filmda Ulug`bek Rustamov, Egamberdi Rahimov, Begzod Hamroev, Adiz Rajabov, Ma`rifat Ortiqova, Dildora Umarova, Marjona O`ljaeva, Rustam Karimov, Bobur Yo`ldoshev, Aleksandr Gamirov o`ziga xos rollarni ijro etishgan.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1