AsosiyJamiyat

Vanihoyat taksi xizmati ko`rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari ro`yxatiga kiritiladi

'Vanihoyat taksi xizmati ko`rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari ro`yxatiga kiritiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti «Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko`ra 2021 yil 15 maydan 2022 yil so`nggiga qadar eksperiment tariqasida haydovchidan tashqari to`rtta o`rindiqli engil avtotransportda taksi xizmati ko`rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyat turlari ro`yxatiga kiritiladi.

YaTT sifatida yo`lovchi tashish faoliyati lisenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tashuvchilar:

– 21 yoshga to`lgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq bo`lmagan muddatda ekspluatasiya qilinayotgan engil avtomobil bo`lishi;

– transport vositasini texnik xizmat ko`rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko`rikdan o`tkazishi;

–  – “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan ko`p tarmoqli poliklinikalar, xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko`rikdan o`tishi lozim.

Shuningdek yakka tartibdagi tashuvchilar:

– faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollamaydi;

– lisenziya varaqasi uchun yiliga bir marotaba BHMning bir barobari (245 ming so`m) miqdorida davlat boji to`laydi;

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tashuvchilar faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi.

Bunda yakka tartibdagi tashuvchilar: 

– 2021 yil uchun har oylik 150 ming so`m miqdorida qat`iy belgilangan miqdorda soliq to`lashi;
– avtotransport vositasi tepasiga “TAXI” belgili to`q sariq rangli fonar o`rnatishi;

– to`lovni amalga oshirish, shuningdek bosib o`tilgan yo`lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovali moslamalarga ega bo`lishi lozim.

Davlat soliq qo`mitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar engil avtotransport vositasida yo`lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyalar, elektron yo`l varaqalari, shuningdek, tibbiy ko`rikdan o`tgan yakka tartibdagi tashuvchilar va texnik ko`rikdan o`tgan transport vositalari to`g`risidagi ma`lumotlarning idoralararo almashinuvi bo`yicha yagona elektron platformani ishga tushiradi.

Mamlakatimiz Prezidentining mazkur qarori xufiyona iqtisodiyotni qisqartirishga, xususan aholi daromadlarini legallashtirishga va sohada teng raqobat muhitini shakllantirib, xizmatlar bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar