“Avtomobillarga videoregistrator qo`yilishi majburiy qilib belgilangani rostmi?”
Akbar Xoliqov, Toshkent shahri
Savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Xolmatjon SAYDALIEV, YHXBB boshlig`i:
– 2016 yil 1 mart kunidan boshlab kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Yo`l harakati qoidalari”ning “Haydovchilarning umumiy majburiyatlari” deb nomlangan bobida haydovchilarga transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan, priborlar paneliga, quyosh soyaboniga va orqa tomonni ko`rish ko`zgusiga (faqat tashqi ko`rinishni tasvirga oladigan videokamera, navigator, videoregistratorlardan tashqari, agar ular haydovchiga ko`rinishni cheklamasa) tele, video monitorlar o`rnatish ta`qiqlanadi,deb yozib qo`yilgan. Shunga ko`ra, videoregistrator o`rnatish majburiy emas.