AsosiySiyosat

O‘zbekiston yetakchisini yangi yil bayrami bilan kimlar tabrikladi?

2026 йилнинг кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига хорижий давлатлар раҳбарлари, парламентлар ва ҳукуматлар, нуфузли халқаро ва минтақавий ташкилотлар етакчиларидан самимий табрик ва эзгу тилаклар келмокда.

'O‘zbekiston yetakchisini yangi yil bayrami bilan kimlar tabrikladi?'ning rasmi

Qutlovlarda Prezidentimiz rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar yuqsaq baholanmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizning ochiq, pragmatik va proaktiv tashqi siyosati natijasida xalqaro maydondagi nufuzi tobora mustahkamlanishi alohida qayd etilgan.

Xorijiy hamkorlar Prezident Shavkat Mirziyoyev va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga yangi yilda tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Jumladan, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari rahbarlari, shuningdek BMT, SHT, MDH, Jahon banki, FIFA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari o‘z tabriklarini yo‘llagan. Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar