AsosiySPORT

O`zbekistonlik qizlar “CAFA U-17 Women’s Championship 2021” xalqaro turnirida eronliklarni mag`lub etdi

Ayni kunlarda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futbol bo`yicha qizlar terma jamoalari...

'O`zbekistonlik qizlar “CAFA U-17 Women’s Championship 2021” xalqaro turnirida eronliklarni mag`lub etdi'ning rasmi

Ayni kunlarda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futbol bo`yicha qizlar terma jamoalari o`rtasida “CAFA U-17 Women’s Championship 2021” xalqaro turniri bo`lib o`tmoqda. Unda mezbonlar Tojikiston qizlar terma jamoasidan tashqari O`zbekiston, Eron va Afg`onistondan ham futbolchi qizlar ishtirok etishmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Bugun qizlarimiz xalqaro turnir doirasida navbatdagi uchrashuvini o`tkazishdi. 2-turda Ilhom Xanjariev shogirdlari musobaqa favoritlaridan hisoblangan eronlik tengqurlari bilan kuch sinashishdi.

Uchrashuvda U-17 qizlar terma jamoamiz 2-0 hisobida ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi. O`yinda terma jamoamiz vakilasi Leyla Rustullaeva tomonidan kiritilgan ikki gol yakunda qizlarimizga g`alaba taqdim etdi.

Eslatib o`tamiz, Ilhom Xanjaraliev shogirdlari ilk turda tojikistonlik dugonalari bilan 1-1 hisobida murosaga kelishgan edi.

    Boshqa yangiliklar