AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari – O`zbekistonda aholi 13 turdagi kasallikka qarshi ommaviy emlanadi

'Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari – O`zbekistonda aholi 13 turdagi kasallikka qarshi ommaviy emlanadi'ning rasmi

Avvalroq, O`zEOAVMA tomonidan “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusidagi Ochiq muloqot o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Ochiq muloqotda Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Amrillo Inoyatov O`zbekistonda qo`lanilayotgan vaksinalar haqida gapirdi. 

"COVID–19 ga chalingan hamda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning oila a`zolari bilan kasallik zanjirini uzish maqsadida, mahalla tibbiy brigadasi shifokori tomonidan tayinlanadigan COVID–19 dorilari davlat tomonidan bepul ta`minlanadi. Bunda qutidagi dorilar aynan shifokor tomonidan tayinlanadi va bemorlar doimiy nazoratda bo`ladi. Bunda o`zboshimchalik bilan ish tutish yaramaydi. Kasallikning birinchi bosqichida, MSKT, rentgen, antibiotik hamda immunomodulyatorlardan foydalanish zarur emas. Ushbu choralar kasallikni davolash protokolida ham qayd etilgan.

Bugun O`zbekistonda 13 turdagi kasallikka qarshi ommaviy emlanadi. Bu vaksinalarni olmaslik o`limga olib kelishi mumkin. Bu vaksinalar qachon, qaysi davlat tomonidan yaratilgan, qanchalik effekt beradi, degan savollar berilmaydi. Lekin koronavirusga qarshi yagona chora bo`lib turgan vaksinalar haqida turli asossiz mish-mishlarga odamlarning ishonib qolayotgani tushunarsiz holat",–dedi  vazirning birinchi o`rinbosari.

Boshqa yangiliklar