AsosiyJamiyat

Toshkentning to`rtta tumani chegaralarida o`zgarish bo`ldi

'Toshkentning to`rtta tumani chegaralarida o`zgarish bo`ldi'ning rasmi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan poytaxtning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O`rtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan ko`proq er maydonlari qo`shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar er maydoni Toshkent viloyatiga o`tkazildi.

 

Hujjatga ko`ra:

  • Sergeli tumani tarkibiga Zangiota tumanidan 1827,1 gektar;
  • Bektemir tumani tarkibiga Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar va O`rta Chirchiq tumanidan 1134,2 gektar;
  • Mirzo Ulug`bek tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2294,6 gektar;
  • Yashnobod tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2107,4 gektar er maydoni qo`shildi.

 

Bundan tashqari:

  • Sergeli tumanidan 33,8 gektar er maydoni Zangiota tumani;
  • Bektemir tumanidan 137,5 gektar er maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o`tkazildi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar