1

29 iyul kuni O`zbekistonga AQShdan 3 million doza "Moderna" vaksinasi keltiriladi

Jamiyat 27.07.2021, 11:05
Teglar: vaksina, emlash, Moderna
29 iyul kuni O`zbekistonga AQShdan 3 million doza "Moderna" vaksinasi keltiriladi

Vaksinalar Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining «COVAX» dasturi doirasida ajratiladi va 29 iyul kuni maxsus havo qatnovi vositasida AQShning Alabama shtatidan O`zbekistonga etkazib beriladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.  

Mamlakatimiz elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, AQSh beg`araz ko`mak tariqasida «Moderna» kompaniyasining koronavirusga qarshi qo`llaniladigan 3 million doza vaksinasini ajratdi.

AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo`yicha markazi (CDC) ma`lumotnomalarida qayd etilishicha, «Moderna» kompaniyasining vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega bo`lgani holda COVID-19 virusi yuqishining oldini oladi. AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish bo`yicha boshqarmasi (FDA) COVID-19 profilaktikasi uchun Moderna vaksinasini 18 va undan katta yoshdagilarda qo`llanilishiga ruxsat bergan. Mazkur vaksina teri ostiga yuboriladi, emlash bir oylik interval bilan ikki dozadan iborat.

Pfizer va BionTECH farmasevtika kompaniyalari preparatlaridan farqli o`laroq, Moderna taklif etayotgan vaksinani o`rtacha sovuqlikdagi haroratda saqlash mumkin, bu esa O`zbekistonning barcha hududlari bo`ylab tarqatilishini engillashtiradi.

AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo`yicha markazi tadqiqotlaridan ma`lum bo`lishicha, Amerikada 93 foiz kasallik yuqish hollari emlash darajasi 40 foizdan kam bo`lgan okruglarga to`g`ri kelmoqda. Qayd etilishicha, koronavirus yuqishi bois kasalxonaga joylashtirilgan va hayotdan ko`z yumganlarning 99 foizi emlanmagan aholi hissasiga to`g`ri kelmoqda. Oq uy rahbari o`z chiqishida qayd etganidek, “millionlab AQSh fuqarolari hamon emlanmagan, shu bois ular kasallik xavfi ostida turibdi”.

Eslatib o`tamiz: Prezident Shavkat Mirziyoev 23 iyul kuni bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida “Biz katta qiyinchiliklar bilan vaksina olib kelayapmiz” deb ta`kidlagani holda aholini faollik bilan emlanishga da`vat etdi.

Sharhlar

O`zbekistonda yana 6 172 770 doza ZF-UZ-VAZ 2001 vaksinasi emlash jarayonlariga yo`naltirildi

19.05.2022, 14:53

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar miqdori ko`paydi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan 6 172 770 doza...
Kecha O`zbekistonda koronavirusga qarshi 142 800 doza vaksina qo`llanildi – SSV

15.01.2022, 10:36

Yurtimizda  COVID-19ga qarshi qo`llanilgan vaksina miqdori 40,5 million dozadan oshdi.14 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 142 800 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 142 800...
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 39,6 million dozadan oshdi

08.01.2022, 12:43

7 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 154 024 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 19 069  nafarni,  2-bosqich emlanganlar 71 408  nafarni,3-bosqich emlanganlar 63 547...
Pfizer vaksinasi bilan emlanganlar soni ma`lum qilindi

31.12.2021, 13:05

30 dekabr holatiga ko`ra, yurtimizda 623 094 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.Ulardan:1-bosqich emlanganlar 439 880 nafarni,2-bosqich emlanganlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1