AsosiyJamiyat

Iste`molchi aviachiptadan uch yilgacha foydalanish huquqini oldi

'Iste`molchi aviachiptadan uch yilgacha foydalanish huquqini oldi'ning rasmi

Marg`ilon shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qirguli MFY hududida yashovchi Z.Usmonovning O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoniga murojaati o`rganilgan. 

Bu haqda Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi Saidxon Xapizov xabar qildi.

Undan ma`lum bo`lishicha, murojaat egasining farzandi 2021 yilning iyun oyida Marg`ilon shahrida joylashgan aviakassadan Qirg`iziston Respublikasi orqali Rossiya Federasiyasiga uchish uchun 3 000 000 (uch million) so`mga aviachipta sotib olgan. 

Biroq keyinchalik uzrli sabab bilan ucha olmasligi ma`lum bo`lgach, aviakassa mas`ullariga ushbu masalada murojaat qilib, aviachipta pulini qaytarilishini so`ragan. 

Aviakompaniya vakillari esa unga ushbu holatda aviachipta uchun to`langan pulni to`liq emas, balki uning 400 000 (to`rt yuz ming) so`minigina qaytara olishlarini ma`lum qilganlar.  

Murojaat mutaxassislar tomonidan o`rganilishi jarayonida iste`molchi va aviakassa rahbarining muloqoti ta`minlangan hamda ularga O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunlari tushuntirilgan. 

Aviakassa rahbariga yuzaga kelgan holatda iste`molchiga aviachipta puli qaytarilishi lozimligi yoki bunga muqobil variant sifatida parvoz muddatini boshqa paytga ko`chirib berish zarurligi tushuntirilgan.  

Olib borilgan tushuntirish va targ`ibot ishlari natijasi bilan hamda har ikki tomonning roziligi asosida iste`molchi chiptasi uch yil muddatgacha foydalanish huquqi bilan uzaytirilib berilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar