AsosiyJamiyat

Samarqandda "Lasetti"ga yonuvchi chiroqlar o`rnatgan haydovchi jarimaga tortildi

'Samarqandda "Lasetti"ga yonuvchi chiroqlar o`rnatgan haydovchi jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Lasetti" rusumli, 30 O141VA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi ko`k va qizil rangli yalt-yalt yonuvchi chiroq-mayoqchalardan foydalangan holda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik e`tirozlariga sabab bo`ldi.

Samarqand viloyati IIB YHXB ma`lumotiga ko`ra, "Lasetti" rusumli, 30 O141VA davlat raqam belgili avtomobilning old qismiga ko`k va qizil rangli yalt-yalt yonuvchi chiroq-mayoqchalar o`rnatganligi uchun haydovchi O.J.ga nisbatan bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar