AsosiyJamiyat

Tajribali tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga taklif etilmoqda

'Tajribali tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga taklif etilmoqda'ning rasmi

 Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif qilinmoqda. 

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu haqda xabar berdi.

Unga ko`ra nomzodlar uchun quyidagi talablar qo`yilmoqda:

  • 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  •  tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lishi;
  •  tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo`lishi (bakalavr diplomi yuqori baholanadi);
  • bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi.

Eslatib o`tamiz, o`quv dasturini tamomlagan nomzodlar ish beruvchi tomonidan tanlanadi. Biroq, dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va ish beruvchining tanlovidan o`tgan nomzodlarning chet elda ishga joylashishi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan kafolatlanmaydi.

Nomzodlar o`z ma`lumotnomalarini (tarjimai hol) info@migration.uz elektron manziliga yuborishlari so`ralmoqda.  

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar