Xalqaro boks federasiyasi (AIBA) Serbiyada o`tkaziladigan jahon chempionatining mukofot jamg`armasini e`lon qildi. Bu haqda Go Sport telegarm kanali ma`lum qildi.
Tashkilot jahon chempionatining sovrin jamg`armasi uchun 2,6 million dollar ajratgan. Unga ko`ra sovrindorlar quyidagicha pul mukofotlariga ega bo`lishadi:
Oltin medal: 100 ming AQSh dollari
Kumush medal: 50 ming AQSh dollari
Bronza medal: 25 ming AQSh dollari.
Eslatib o`tamiz, jahon chempionati 26 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida o`tkaziladi.