AsosiyJamiyat

Senator so`rovi natijasida 8400 nafarga yaqin Uzun tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi

'Senator so`rovi natijasida 8400 nafarga yaqin Uzun tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi'ning rasmi

Joriy yilning 29 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi Abdug`ani Sanginov Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi faollar, fuqarolar bilan uchrashuvida aholi toza ichimlik suvi bilan bog`liq muammolar yuzasidan murojaat qilgan edi. 

Mazkur murojaat yuzasidan senator Uzun tumanidagi tegishli tashkilot rahbarlariga senatorlik so`rovlarini yuborgan edi. Natijada tuman bo`yicha 20 ta mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi suv quduqlarida yaroqsiz ahvolga kelib qolgan suv nasoslarini yangisiga almashtirish rejalashtirilgan edi.

Senator so`rovnomasiga asosan shu yilning avgust-sentyabr oylarida tumanning “Obizarang” hamda  “Do`stlik” mahalla fuqarolar yig`inidagi “Duoba” va “Karer” qishloqlarida jami 3 dona suv nasoslari yangisi bilan almashtirilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi.

Natijada ushbu mahallalardagi 8 342 nafar aholining toza ichimlik suvi bilan bog`liq muammosi hal etildi. Bu kabi ishlar tuman bo`ylab davom etirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar