1

“Mendirman Jaloliddin” serialining 2 va 3-fasllari suratga olinadi

Madaniyat 17.09.2021, 10:46
“Mendirman Jaloliddin” serialining 2 va 3-fasllari suratga olinadi

Shu kunlarda davom etayotgan “Madaniy me`ros haftaligi” doirasida yirik konferensiya va festivallar bilan birgalikda bir qator xalqaro darajadagi uchrashuvlar, yig`ilishlar va madaniy tadbirlar ham o`tkazilmoqda. Navbatdagi “tet-a-tet” uchrashuvi Xiva shahrida, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovva Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Karimov o`rtasida bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Uchrashuvda:

  • mavjud madaniy aloqalarni mustahkamlash;
  • yangi hamkorliklarni yo`lga qo`yish;
  • madaniyat kunlarini o`tkazish;
  • teatrlar gastrol safarlarini uyushtirish;
  • maqom san`atiga oid bilim va tajribalar almashish;
  • Shusha va Xiva shaharlarini birodar shahar qilish kabi masalalar muhokama etildi. 

Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy-badiiy serialining keyingi fasllarini suratga olishda Ozarbayjon tomonining ham hamkorlik qilishini so`radi.

Jaloliddin Manguberdi shaxsini o`rganishda va tarixiy asarlar yaratishda Ozarbayjon tarixchi va adiblarining xissasi juda katta. Shuning uchun serialning navbatdagi 2 va 3-fasllarini suratga olishda sizlarning ham tajribangizga va yordamingizga tayanamiz”, - dedi vazir. Bu taklif Ozarbayjon madaniyat vaziri tomonidan to`laqonli ma`qullandi va serialda Ozarbayjon aktyorlari ham ishtiroki ta`minlanadigan bo`ldi.

Shuningdek, Anar Karimov Nasriddin Afandi haqida O`zbekiston bilan hamkorlikda film suratga olish taklifini ham bildirib, Xo`ja Nasriddin Markaziy Osiyo davlatlari bilan birga Ozarbayjon va Turkiya davlatlarining ham xajviy qahramoni ekanligini eslatib o`tdi. Bunga javoban Ozodbek Nazarbekov qanday hamkorlik lozim bo`lsa tayyorligini bildirdi.

"Istasangiz bu filmni Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlarida suratga olamiz. Hech qanday dekorasiya qurishga muhtoj bo`lmaymiz. “jonli va ishonarli dekorasiya”ning o`zi bizda bor. Biz tayyormiz!” - dedi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1