AsosiyJamiyat
4291

O`zbekistonda bir haftada 3 kishi yong`in oqibatida halok bo`ldi

O`tgan hafta mobaynida Respublika hududida 113 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda

Ushbu yong`inlarda 342 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 674 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan 

Jizzax viloyati G`allaorol tumanida yashovchi fuqaro B.Usmonovning uyida sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 1,5 kv. metr maydonda o`rin-ko`rpasi yonib zararlangan.

Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi fuqaro U.Rametovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 60 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro Q.Qaxxorovning uyida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 110 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Boshqa yangiliklar