AsosiySUG'DIYONA
12736

Shvesiyalik ayol sarviqomat bo`lish uchun 6 ta qovurg`asini oldirib tashladi(Foto)

Shvesiyalik ayol beli 40 santimetr bo`lishi uchun oltita qovurg`asini oldirdi. Jarrohlik amaliyoti 120 ming dollarga tushdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Piksi Foksning aytishicha, u operasiyadan so`ng tor korset kiyib yuribdi. Uni faqat cho`milganda va sport bilan shug`ullangandagina echadi.

Bundan tashqari, Piksi ko`kragini kattalashtirgan, kiprik ektirgan, botoks muolajasini olgan va ko`z, qosh, lab uchun uzoq saqlanuvchi makiyaj qildirgan. 

“Hozirda yana bir o`ta noyob turdagi jarrohlik amaliyotini o`tkazmoqchiman. Uning qanday o`tkazilishini esa hozircha aytolmayman”,—deydi Foks.

Shvesiyalik ayol tashqi ko`rinishinei o`zgartirishni 2015 yilning noyabr oyida boshlagan edi. Ko`zlangan maqsadga erishish uchun Foks qat`iy parhez tutib, sportzalda kuniga ikki soatdan besh soatgacha vaqt o`tkaza boshladi.

Boshqa yangiliklar