BAAning Dubay shahrida karate bo`yicha kattalar o`rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo`lib o`tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning besh qit`asidagi 104ta davlatdan jami 983 nafar sportchi g`oliblik uchun tatamiga chiqishmoqda. Jahon chempionatida vatanimiz sharafini O`tkam Bekpo`latov boshchiligidagi 15 nafar karatechimiz himoya qilishyapti.
Bugun erkaklar o`rtasida -75 kg vazn toifasidagi janglarda karate WKF bo`yicha milliy terma jamoamiz a`zosi, sport yakkakurashlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolaev finalga yo`l oldi.
U jahon chempionatining yarim finalida AQSh vakili Tomas Skottni 1:0 hisobida mag`lub etdi va final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Endi hamyurtimiz 20-noyabr kuni bo`ladigan final jangida Misr vakiliga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
Karate WKF bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 23-noyabr kuni tunda yurtimizga qaytib kelishadi.
22.06.2022, 15:14
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...02.06.2022, 11:41
Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi. Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.Qayd etilishicha,...30.11.2021, 22:49
2021 yilning 30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi Kobul shahriga tashrif buyurib, Afg`oniston Muvaqqat hukumati vakillari...20.11.2021, 21:16
BAAning Dubay shahrida karate WKF bo`yicha kattalar o`rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo`lib o`tmoqda.Musobaqada dunyoning besh qit`asidagi 104ta davlatdan jami 983 nafar sportchi g`oliblik uchun...