AsosiyDunyo

Shvesiyada koronavirusga qarshi emlash uchun raqamli pasport joriy etiladi

'Shvesiyada koronavirusga qarshi emlash uchun raqamli pasport joriy etiladi'ning rasmi

Shvesiya hukumati koronavirusga qarshi emlash uchun aholiga alohida pasport joriy etilishini ma`lum qildi. Bu haqda kommersant xabar berdi

Qayd etilishicha, hukumat 1 dekabrdan boshlab koronavirus vaksinasi uchun raqamli pasportlar joriy etiladi. Hujjat fuqarolarga 100dan ortiq kishi tashrif buyuradigan ommaviy tadbirlarga – konsertlar, sport va boshqa tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. 

“Biz tezroq pandemiyani tugashini istaymiz. Bu kabi qarorlar bilan unga barham bermoqchimiz. Qishda kasallik yanada avj olishi xavfi mavjud”, - dedi mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Lena Hallengren. 

Ma`lumot uchun, Shvesiyada 16 yoshdan oshgan fuqarolarning 85,3 foizi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan bo`lsa, katta yoshdagilarning 81,7 foizi to`liq emlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakattda 15 107 kishi koronavirusdan vafot etgan. 

Boshqa yangiliklar