Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda.
"Milliy kinematografiya — Yangi O`zbekistonning timsoli" kinooyligi doirasida tashkil etilayotgan taqdimotda g`oliblar "Eng yaxshi ssenariy", "Eng yaxshi operatorlik ishi", "Eng yaxshi rejissyorlik ishi", "Eng yaxshi ayol roli", "Eng yaxshi erkak roli", "Tomoshabin mehrini qozongan film", "Eng yaxshi film", "Milliy kinematografiyaga qo`shgan hissasi uchun" kabi nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadi.
Mazkur kinotaqdimot dasturidan 2019-2020 yillar suratga olingan filmlar o`rin olgan bo`lib, tadbir kino sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarning mehnatlarini munosib baholash, ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.