2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 1hls.uz platformasida 10 ming yoki undan ko`p yurganlar uchun berib boriladigan 3 ming so`m berish to`xtatiladi.
Turizm va sport vazirligi xabari berishicha, 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rag`batlantirishning yangi tizimini yo`lga qo`yiladi.
Endi sutkasiga 10 ming qadam yurganlarni yanada ko`proq rag`batlantish maqsadida HAR HAFTA quyidagicha sovrinlar o`ynalarkan:
- Bir kishiga 100 million so`m miqdorida pul mukofoti;
- 1000 kishiga velosiped.
Har hafta g`oliblar “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali aniqlanadi;
G`oliblarni aniqlash shaffof va xolis bo`lishi uchun Jamoatchilik nazorati kengashi tuzildi. Kengashga deputat Rasul Kusherbaev raislik qiladi, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev va bloger Nikita Makarenko unga o`rinbosar bo`ladi;
- yangi rag`batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so`m berish to`xtatiladi;
- Lekin 15 yanvargacha 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan BARChA fuqarolarga pullar to`liq to`lab beriladi