Evropa Ittifoqida avtomobil savdosi 2020 yilga nisbatan 22,8 foizga kamaydi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sotuvda pasayishga asosan yarimo`tkazgichli komponentlarning etishmasligi sabab bo`ldi. 2021 yilning ikkinchi yarmida ehtiyot qismning etishmasligi mashinalar ishlab chiqarishni chekladi.
Evropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi ma`lumotlariga ko`ra, Evropa Ittifoqida ro`yxatga olingan yangi avtomobillar soni dekarbga kelib jami 795,285 mingtani tashkil qilgan. 2020 yilda esa bu ko`rsatkich 1,031 million donani tashkil qilgan.
2021 yil yakunlariga ko`ra, Germaniyaa avtomobil savdosi 10,1 foizga, Fransiyada - 0,5 foizga, Italiyada - 5,5 foizga, Ispaniyada esa 1 foizga pasaydi.
Dekabr oyida faqatgina to`rtta davlatda avtomobillar savdosida o`sish kuzatildi. Bular: Bolgariya (+4,3%), Xorvatiya (+19,3%), Latviya (+2,9%) va Sloveniya (+8,3).