1

Markaziy bank 1000 so`mlik banknotlardan voz kechadi

Iqtisodiyot 21.01.2022, 14:04
Markaziy bank 1000 so`mlik banknotlardan voz kechadi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 20 yanvar kuni Markaziy bank boshqaruvi yig`ilishida yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilindi. 

Shuningdek, yig`ilishga bag`ishlangan Markaziy bankda matbuot anjumanida Markaziy Bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2021 yilda O`zbekistonda muomalada bo`lgan barcha banknotlar ichida faqat 1000 so`mlik yangilanmay qolganini izohladi. 

“Ming so`mlik pulni qayta qog`ozli shaklda chiqarish maqsadimiz yo`q. Afsuski, hayotimizdan tanga pullardan foydalanish chiqib ketdi. Oldin 1000 so`mlikni chiqarganmiz, lekin undan foydalanish darajamiz muomaladan chiqib ketdi. Biz ming so`mlikni tanga pulga aylantirishni rejelashtirayapmiz. Chunki eng ko`p qo`llanadigan pul belgilaridan biri – 1000 so`mlik banknota, 500 so`mlik tanga va 2000 so`mlik banknota, shu sababli buni ham tanga shakliga o`tkazsak, bu birinchidan, pul muomalasini tashkil qilishdagi xarajatimizni kamaytiradi, ikkinchi tarafdan, ishlatishga qulay shaklda bo`ladi”, - dedi rais

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1