Ispaniya chempionatining 22-turida peshqadam "Real Madrid" o`z maydonida ochko yo`qotdi.
"Elche" klubini qabul qilgan madridliklar kutilmaganda o`z darvozasidan ikkita to`p olib chiqdi. Keyinchalik Modrich va Militao gollari evaziga mag`lubiyatdan qutulib qoldi. Militao 90+2-daqiqada gol kiritdi.
Durang o`ynagan bo`lsa ham "Real" peshqadamlikni o`zida saqlab qoldi. Jamoa hisobida 50 ochko mavjud.
La Liga. 22-tur
"Real Madrid" – "Elche" 2:2
Gollar: 0:1 – 42 Boye, 0:2 – 76 Milya, 1:2 – 82, penalti Modrich, 2:2 – 90+2 Militao.