Farg`onada boshqasiga naqd pul o`tkazib berishini aytib, uning kartasidan pul echib olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, 2021 yilning 9-dekabr kuni Z.B IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxs ishonchiga kirib, uni hisob raqamiga pul o`tkazib bersa unga naqd pul berishini aytib, o`zining hisob raqamiga 1.800.000 so`m pullarni o`tkazib olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan pulni qo`lga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda