1

Tesla 2021 yilda rekord darajada foyda ko`rdi

Iqtisodiyot 27.01.2022, 20:57
Tesla 2021 yilda rekord darajada foyda ko`rdi

Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchisi Tesla kompaniyasi korxonalari o`z mijozlariga etkazib berish vaqtida muammolar tufayli to`liq quvvat bilan ishlamaganiga qaramay, 2021-yilda rekord darajadagi sof foydani qayd etdi.

Kompaniya press-reliziga ko`ra, yillik sof daromad o`tgan yilgi 721 million dollarga nisbatan 7,7 baravarga oshib, 5,52 milliard dollarni tashkil etdi. 

2021-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchisining daromadi 71 foizga oshib, 53,8 milliard dollarni tashkil etdi, avtomobillar savdosi esa 87 foizga oshib, rekord darajadagi 936 mingta avtomobilga etdi.

"Bizning korxonalarimiz bir necha chorak davomida qisman quvvat bilan ishlamoqda va ta`minot kamchiliklar kuzatildi. Bu muammo esa 2022 yil oxirigacha davom etishi mumkin", dedi kompaniya vakili. 

“Biz ishlab chiqarishni imkon qadar tezroq oshirishni kutmoqdamiz, bu nafaqat Ostin va Berlindagi yangi quvvatlar orqali, balki Fremont va Shanxaydagi zavodlarda ham ishlab chiqarishni maksimal darajaga chiqirish rejalashtirilgan”, — deya qo`shimcha qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1