AsosiySport
4927

Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

'Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi'ning rasmi

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan futbolimiz afsonalari milliy terma jamoa bilan xayrlashadilar. Shu sababdan bugun OAV uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda "darakchi.uz" muxbiri Oybek Shukurov xabar berdi.

Tadbir avvalida O`FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov 17-18-may kunlari O`zbekiston va Italiya futboli afsonalari o`rtasidagi futbol uchrashuvi tarixiy o`yin hisoblanishi, xususan, ikki mamlakat futboli ham shonli va uzoq yillarga borib taqalishini ta`kidladi.

Shuningdek O`zbekiston va Italiya futboli afsonalari o`rtasidagi uchrashuvda ishtirok etadigan futbolchilarning ro`yxati e`lon qilindi.

O`yin 18 may kuni soat 19:00 da boshlanishi belgilangan

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar