AsosiyJamiyat

Piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilgani ma`lum bo`ldi

'Piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev telegram kanalida piyoda yurgan fuqarolarni moddiy rag`batlantiruvchi  “Sog`lom turmush tarzi” loyihasi 2022 yil 6 apreldagi PF-98-sonli Prezident farmoni bilan bekor qilinganligi ma`lum qilindi. 

Xabarning qiziq jihati loyihaning bekor qilinganligi haqida 1 yarim oydan buyon Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan izoh berilmaganida. 

Joriy yilning 15 yanvar kuni PF-6099-sonli Prezident farmoniga o`zgarish kiritilib, har kuni 10 ming qadam piyoda yurganlarga 3 ming so`m berish tizimi to`xtatilgan, uning o`rniga yangi tizim –  har hafta 100 mln so`m va mingta velosiped berilishi va`da qilingan. Oradan 3 oy o`tar o`tmas, Prezident farmoniga yana  o`zgartirish kiritilib, piyoda yurganlarni rag`batlantirish tizimi butunlay chiqarib tashlanishi bo`yicha huquqshunos bir necha savollarni o`rtaga tashlaydi. 

" – Faqat meni bir narsaga sira aqlim etmayapti. Bu tizimni bekor qilishning jo`yali va asoslangan konkret sababi nima? Bunaqa taklifni ishlab chiqqan va yuqori rahbariyatni ishontira olgan Sportni rivojlantirish vazirligining maqsadi nima bo`lgan o`zi?

Shaxsan menda 2 ta variant bor:

Birinchisi, byudjetda pul etmay qolgan. Ammo bu ishonchsiz variant. Sportga trillionlab pul sarflanayotgan bir paytda piyoda yuradigan aholiga berish uchun yiliga taxminan 100 mlrd so`m pul topilmasligi uyat.

Ikkinchisi, yangi tashkil etilgan Sportni rivojlantirish vazirligi rahbariyati bunaqa tizim uchun boshini qotirib, o`zini qiynagisi kelmagan va tinchgina uni butunlay bekor qilib qo`ya qolishni afzal bilgan. Bu variant birinchisidan ham uyatliroq.

Chunki piyoda yurganlarga pul berish tashabbusi shaxsan Shavkat Mirziyoevga tegishli edi. Prezident bir necha bor yig`ilishlarda ushbu tizim boshqa davlatlarda yo`qligi, tizim o`zini oqlayotgani, aholini shu orqali piyoda yurishga o`rgatib, salomatlik bilan bog`liq ko`plab muammolarga echim topish mumkinligini ta`kidlagandi.

Kimlarnidir ishlagisi kelmagani uchun, yoki aholiga berishga yiliga qanchadir mablag` topilmagani uchun Prezident tashabbusi o`z-o`zidan, jamoatchilikka hech bir izoh va tushuntirish bermasdan bekor qilib yuborilaveradimi?

Shahar shunchalik bedarvozami?", – deyiladi huquqshunos munosabatida.

 

 

    Boshqa yangiliklar