1

O`zbekiston va rossiyalik kinoijodkorlar hamkorligida yaratilgan "Quyosh lazzati" filmining yopiq namoyishi o`tkazildi

Madaniyat 13.06.2022, 18:46
O`zbekiston va rossiyalik kinoijodkorlar hamkorligida yaratilgan "Quyosh lazzati" filmining yopiq namoyishi o`tkazildi

Kinematografiya agentligi va “ Sputnik Vostok prodakshn” kinostudiyasi tomonidan O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida yaratilgan birinchi loyiha — “Quyosh lazzati”  ("Solnse na vkus") filmining taqdimoti bo`lib o`tdi. Taqdimotda kinoshunoslar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kinoijodkorlar ishtirok etishdi. Filmning katta premerasi 30 iyun — Yoshlari kuniga bag`ishlab tashkil etiladi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Film O`zbekistonga safari chog`ida g`aroyib sarguzashtlar ishtirokchisiga aylangan moskvalik oddiy  oila haqida hikoya qiladi.

Filmda o`zbek va rus kinoaktyorlari Andrey Merzlikin, Aleksandr Ilin, Muhammadiso Abdulxairov va boshqalar suratga tushgan. Bosh qahramon moskvalik bolakay rolini "Palma" filmi orqali tanilgan Leonid Basov ijro etgan. Shuningdek,  Guli roli yosh o`zbek aktrisasi Kamilla Yoqubova uchun debyut ijro bo`ldi.

Suratga olish ishlari Moskva, Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatida olib borildi. Filmda Chimyon, Chorvoq, Qizilqum cho`li, O`zbekistonning tarixiy obidalari – Registon, Go`ri-Amir, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi, Buxorodagi Ark qo`rg`oni, Minorai Kalon kabi joylarning go`zal manzaralari namoyish etilgan.

— Ushbu film hamkorlikda suratga olingan ilk ko-produksiya, Yangi O`zbekiston kinosining ramziy qaldirg`ochidir. 2019 yilning noyabr oyida Moskvada biz qo`shma filmlar yaratish bo`yicha bir qator memorandumlarni imzolagan edik. “Quyosh lazzati” bo`lajak kinoloyihalar ichidagi birinchi filmdir. Kartina rus tilida suratga olingan, hozirda o`zbek tiliga dublyaj qilinmoqda. Yoshlar kuni bayrami doirasida biz katta premera tashkil etmoqdamiz. Bu ham ramziy ma`noga ega, chunki “Quyosh lazzati” birinchi bolalar va o`smirlar filmi bo`lib, premerasi yozgi ta`til vaqtida bo`lib o`tadi, – deya ta`kidladi film prodyuseri, O`zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

— Kinematografiya agentligi bilan hamkorligimiz omadli kechdi. Biz juda ham xursandmiz. Barcha prodyuserlarga mana shunday hamkorlar uchrashini tilayman. O`zbekistonlik hamkasblar bizga so`zda ham, amalda ham, moliyaviy tomondan ham katta yordam berishdi. Bu haqiqiy hamkorlik, teng ijodkorlik asosida yaratilgan qo`shma loyiha, —  dedi "Quyosh lazzati" filmining prodyuseri Aleksandr Kessel.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1