1

Bir nechta xonandalar Bobomurod Hamdamov qo`shiqlarini ruxsatsiz kuylagani uchun javobgarlikka tortildi

Madaniyat 21.06.2022, 12:23
Teglar: Bobomurod Hamdamov
Bir nechta xonandalar Bobomurod Hamdamov qo`shiqlarini ruxsatsiz kuylagani uchun javobgarlikka tortildi

Adliya vazirligi tomonidan xalq artistining mualliflik huquqini buzganligi to`g`risidagi murojaati ko`rib chiqildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

Intellektual mulk departamentining ma`lum qilishicha, murojaatni ko`rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo`lgan qo`shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.

Ma`lumot o`rnida, Qonunning 19-moddasiga ko`ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko`rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.

Sudning qaroriga ko`ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1